

"Menimcha, bizda juda uzoqqa bora oladigan yaxshi jamoa bor. Jahon chempionatida g'alaba qozonishimizga ishonishimiz kerak va turnirga g'alaba qozonish niyatida yaqinlashamiz.
Kuchli jamoalar ko'p. Braziliya terma jamoasi ajoyib formada, Argentina va Fransiyani ham doimo yodda tutish kerak.
Maqsadim – jamoamga yordam berish, gol urish, vaziyatlar yaratish. Men "Bavariya"dagi kabi o'ynashni va har bir o'yinda g'alaba qozonishni xohlayman. Agar Jahon chempioni bo'lmasak, hafsalamiz pir bo'ladi", – dedi 19 yoshli futbolchi.



