Matbuot anjumaning ikkinchi qismida maydon egalari katta murabbiyi Murod Otajonov ishtirok etdi.
“Agar o'yinni oladigan bo'lsak natija ikki jamoani qoniqtirmadi. Balki “Lokomotiv”ni qoniqtirgan bo'lishi mumkin. Bugun hakam o'yinni obektiv boshqarmadi. Konfederatsiyalar kubogida ham ko'rdik bu hakamimizni... Agar ular haqida gapirmasak shunday davom etaveradi”, - deydi Murod Otajonov.
- Bu gapingiz uchun jarimaga tortilishingiz mumkinku.
- Gapirmasak o'rganib qolaveramiz. Hakam hushtakni raqimiz foydasiga chaldi bizni ezib tashlashdi. Jahon arenasida bunga qarashmaydi.
- Lekin tan oling, bir qator vaziyatlardan shogirdlaringiz foydalana olmadi...
- To'gri, lekin uchinchi penaltini bersa bo'lardi. Undan tashqari hammani o'z saviyasi bo'ladi.
- Shunday xabarlar borki joriy mavsum “Lokomotiv” chempion bo'larmush.
- Buni vaqt ko'rsatadi.
- Fozil Musaevni maydonga ikkinchi bo'limda tushirilishiga sabab 2-davrada boshqa jamoaga o'tishimi?
- Uni agenti bor. Biz tushirmayotganligimiz sababli “Atletiko” uni sotib olgisi kelmapti. Hozircha aniq taklif yo'q. Uni ishi bilan agenti shug'ullanyapti.