Murod Otajonov: "Futbolda fonogramma bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
6 may 2023
"Olimpik"ga qarshi bahsdan (1:1) so'ng "Bunyodkor" ustozi Murod Otajonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin bizga manzur keldi. Shunday o'yinlar ko'p bo'lsa, biz uchun ham foydali hisoblanadi. Bizda etarlicha vaziyatlar yuzaga keldi. Menimcha, durang o'yinga mos bo'ldi.


- Jamoa ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynayapti. Birinchi bo'limda esa yo'qolib qolyapti...

- Bir tomonidan, o'yin boshida moslashish qiyin bo'ladi. Ikkinchi bo'limda esa boshqacha harakat qilyapti. O'zgarishlar ham bunga ta’sir qilmoqda. Futbolda fonogramma bo'lmaydi, shu bois, nima voqea bo'lishini oldindan bilib bo'lmaydi. 


- Jamoa 5 ta o'yinda bitta g'alaba qozondi, bunga sabab nima?

- Statistikani o'zingiz aytib turibsiz. Yuta olmayapmizmi, demak, muammmo bor. Jamoada realizaciya bo'yicha muammolar bor. O'yinda vaziyatlarimiz bo'ldi, ulardan foydalana olganimizda g'alaba qozonar edik.


- Davron Ergashevning tarkibda yo'qligi jamoaga qanchalik ta’sir qilmoqda?

- Albatta, uning jamoaga ta’siri juda katta edi. uning o'rnini bosish uchun himoyada rotaciya qilishga majburmiz.


- Davron Ergashev 5 ta o'yinga chetlatildi. Klub futbolchi bo'yicha apelaciya bersa bo'lmasmidi?

- Biz apelaciya berdik, ammo hech qanday o'zgarish bo'lmadi.


- Muhammadjonov hozir klubda. U terma jamoa bilan birga emas.

- U terma jamoa bilan ikki tomonlama uchrashuvda ishtirok etdi. U Argentinaga boradi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia