"O'yinni yomon boshlamagandik, tezkor gol urishga erishdik. Afsuski himoyadagi xatolardan so'ng raqib 3ta gol urdi. Barcha 3ta gol ham standart vaziyatlardan o'tkazdik. Ikkinchi taymni yomon o'tkazmadik. Oddiy holatlarda qilgan xatolardan so'ng Pishur qahramon bo'ldi. Iqbol Malikjonov va Oybek Rustamov uchun xursandman. Bugun Rustamov oliy ligada debyut qildi. Bu yoshlar kelajakda jamoa yetakchilaridan bo'lib yetishishadi. Ular to'xtab qolishmasa bo'lgani.
Bugungi mag'lubiyatdan so'ng rahbariyatdan iste'fo so'rayman. Barcha yo'llarni qilib ko'rdik, so'nggi chora bu murabbiyni almashtirish bo'lsa kerak. Shu bois o'zimni bo'shatishlarini so'rayman. Bizga g'oliblik ruhiyati yetishmayapti. Agar rahbariyat lozim topadigan bo'lsa jamoada qolishga tayyorman, lekin bunday mag'lubiyatdan keyin menga hozir juda qiyin", - deydi Ismoilov.
"Navbahor" matbuot xizmati