Murod Ismoilov: "OCHLga chiqish uchun imkoniyat boricha harakat qilamiz"

Narzulla Saydullayev
18 okt 2013, 20:44
Bugun bo'lib o'tgan "Dinamo" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan so'ng har ikki jamoa bosh murabbbiylari o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Dastlab mehmonlar bosh murabbiyi savollarga javob berib o'tdi. 

"So'nggi o'yinlar biz uchun juda juda og'ir kechmoqda. Bugun "Dinamo" bilan o'yinga puxta tayyorlanib kelgan edik va shunga qaramay ko'plab vaziyatlardan foydalana olmadik. Butun o'yin asabiy o'tgani bois hujumchilarimiz so'nggi vaziyatlarda foydalana olmadi. Raqibimiz "Dinamo" esa oz bo'lsada imkoniyatidan unumli foydalandi va hisobni tenglashtira oldi. Natijadan qoniqdim" - deya o'yin haqida dastlabki fikrlarini bildirib o'tadi mehmomlar bosh murabbbiyi Murod Ismoilov.

- "Paxtakor"ni OCHL ga chiqish imkoniyatlarini qanday baholar edingiz?
- Imkoniyatimiz boricha harakat qilmoqdamiz . Chempionat oxirigacha to'rtta o'yinda g'alaba qozonsak bizda imkoniyat bo'lishi kerak. Bu faqat bizga bog'liq emas va yuqoridagi jamoalar ham ochko yo'qotishi kerak bo'ladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia