

"Buxoro" jamoasi yaxshi shakllangan jamoa, shu bois bu o'yinga alohida tayyorgarlik ko'rgandik. Raqibni yaxshi o'rganib chiqib rejalar tuzib qo'ygandik. Afsuski qarshi hujumdagi imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bitta xatodan raqib foydalanib ketdi. Shogirdlarim qo'llaridan kelganicha harakat qilishdi. Gol o'tkazganimizdan keyin ham o'zimizni yo'qotib qo'ymadik. Yaratayotgan vaziyatlardan gol ura olmayapmiz", - deydi Murod Ismoilov.
"Qo'qon-1912" matbuot xizmati




