

Ganalik futbolchi 58 yoshli mutaxassis bilan "Udineze"da birga ishlagan.
"Faoliyatimdagi eng yaxshi murabbiyi - Spalletti, Udineda u mendan futbolchini yaratdi. Umuman olganda hamma haqida yaxshi fikrdaman. Mourinyo menga yirik klubda o'ynash imkonini berdi, undan bir umr minnatdorman. Allegri ham ajoyib murabbiy. U "Milan"da ishlaganida hamma tanqid qilgan, biroq u doimo bizga o'zining xotirjamligini etkazar edi" - deydi Muntari.



