Muhsin Nizomiddinov: "Qo'l ostimdagi futbolchilardan ko'nglim to'q"

Mirjalol Normatov
11 iyun 2023, 11:51
Pro-liga 11-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "G'ijduvon" (5:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Muhsin Nizomiddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. G'alaba bilan jamoamiz a'zolari va muxlislarini tabriklayman. Bugun ayni muxlislarga yoqadigan tomoshabop o'yin bo'ldi.

- Ikkinchi davra oldidan jamoani kuchaytirish rejasi bormi?

- Qo'l ostimdagi futbolchilardan ko'nglim to'q. Bizni oldinda "Aral" bilan o'yin kutib turibdi. Hozir e'tiborni shunga qaratamiz. Shundan keyin bu haqida o'ylab ko'rishga fursat bo'ladi.

- Bobur Qosimovning erta zaxiraga olinishiga izox bersangiz...

- Bu taktik almashinuv bo'ldi. Gol o'tkazib yubordik, hujumni kuchaytirish maqsadida Qosimovni almashtirdik. Bobur ancha muddat davom etgan jarohatdan so'ng maydonga qaytgandi. Tajribali futbolchi, "Surxon" bilan o'yinda ham uni maydonga tushirdim. Murabbiylar shtabi ko'rsatmalarini bajarib berayapti.

- "Aral" bilan o'yin sun'iy maydonda bo'lib o'tadi. Jamoa bunga tayyormi?

- Har bir o'yinda o'z oldimizga qo'yilgan maqsadni amalga oshirishga harakat qilamiz. Klublar mavjud sharoitdan kelib chiqib maydonni tayyorlayapti. Sun'iy maydonda ham yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia