Muhammadqodir Hamraliev O'zbekiston MTJga chaqirildi

Sherzod Nurmatov
5 dek 2023, 10:55
Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev ma'lum qildi.

"Paxtakor" klubi markaziy himoyachisi Muhammadqodir Hamraliev ham O'zbekiston milliy terma jamoasining dekabr oyidagi yig'iniga chaqiruv oldi", – deyiladi xabarda.

22 yoshli Hamraliev joriy mavsum "Paxtakor" tarkibida 24 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi 11-28 dekabr kunlari BAAda yig'in o'tkazadi. Yig'indan asosiy maqsad – yanvar oyidagi Osiyo Kubogiga munosib tayyorgarlik ko'rish.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia