Muhammadali O'rinboev: "Katta niyatlarimdan biri – "Manchester Siti" jamoasiga qo'shilish"

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2024, 12:45
"Brentford B" safida harakat qilayotgan Muhammadali O'rinboev kuni kecha Championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi.

- "Manchester Siti" – "Brentford" o'yinidan oldin asosiy jamoa bilan mashg'ulot o'tkazdingiz va "Etixad"ga bordingiz. Vaholanki, jamoaga qo'shilganingizga hali ko'p bo'lmagandi...

- "Manchester Siti" bilan o'yindan 3 kun oldin mashg'ulotlarga chaqiruv olgandim. Bilmadim, murabbiyga harakatlarim maqul kelganmi, lekin o'sha kunlarda asosiy jamoa bilan birga edim.

- O'zbekistondan Angliyaga yo'l oldingiz. "Brentford"da sizni hayron qoldirgan narsa bormi?

- Ichki muhit. Bundan tashqari, mashg'ulotdan oldingi va keyingi jarayonlar juda katta farq qiladi. Jamoaning sport zalidagi mashg'ulotlari, vitaminizaciya masalasi. 

- Hali yoshsiz va hozir Yevropadasiz. Eng oliy maqsadingiz nima?

- O'ylashimcha, hali yoshman. Bu boshlanishi. Ulkan niyatlarim bor. Orzum – La Liga jamoalarida o'ynash, Chempionlar Ligasida qatnashish. Xudo xohlasa, katta niyatlarimdan biri – "Manchester Siti" jamoasiga qo'shilish. 

- Qaysi futbolchiga havas qilasiz?

- Kevin De Bryuyne. 

- "Brentford"ga 6 oylik ijara asosida yo'l olgansiz. Shartnomani uzaytirasizmi yoki boshqa jamoaga o'tasizmi?

- Hozir jamoa bilan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin kunlarda bu bo'yicha xabar chiqadi. Qolishim ham mumkin, ketishim ham mumkin. Variantlar ko'p, o'zimizga maqulini tanlash arafasidamiz.

To'liq intervyu

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia