Muhammad Saloh rekord o'rnatdi

Mirjalol Normatov
15 avg 2021
"Liverpul" forvardi Muhammad Saloh APLning 1-turi doirasida "Norvich"ga qarshi o'yinda gol urishga erishdi.

"OptaJoe" xabariga ko'ra, ketma-ket beshinchi marta APLning dastlabki turida gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

O'tgan mavsumda misrlik futbolchi "Liverpul" tarkibida 51 o'yinda qatnashib, 31 gol va 6 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OptaJoe