MTJ. Dekabrda Bolgariya va Albaniya bilan o'ynashimiz mumkin

Narzulla Saydullayev
24 sen 2014, 08:00
Osiyo kubogi-2015 musobaqasiga tayyorgarlik jarayonida O'zbekiston milliy terma jamoasi Yevropa jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin.
Shu yilning dekabr oyida jamoamiz Dubayda yig'in tashkil etadi.

Ushbu yig'in doirasida Mirjalol Qosimov shogirdlari Bolgariya va Albaniya terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishlari kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, dekabr oyida O'zbekiston uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi ma'lum bo'lib ulgurgandi. 10 dekabr kuni Quvayt, 13 dekabrda Falastin va 28 dekabrda Iroq milliy terma jamoalari bilan kuch sinashiladi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi OK-2015 final bosqichi B  guruhida Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDR terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia