Mozes "Inter"da qolmoqchi va "Chelsi"ga qaytmaydi

Alisher
26 iyun 2020
Nigeriyalik yarim himoyachi Viktor Mozes kelasi mavsum "Inter" safida o'ynamoqchi.

Futbolchining transfer huquqi "Chelsi"ga tegishli, uning Milan klubi bilan tuzgan ijara shartnomasi esa 30 iyunda yakuniga etadi.

"Bu fantastik klub bilan g'alaba qozonishni xohlashim aniq. Tarkibimizda fantastik yigitlar bor va biz bir tomonga yo'nalganmiz. "Inter" - ajoyib muxlislarga ega ulkan klub", - deydi Mozes.

29 yoshli xavbek joriy mavsum A Seriya doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia