Moyesning fikricha, "Sanderlend" bu mavsum jon saqlab qolish uchun kurashadi
Aslanov Jasurbek
22 avg 2016, 15:49
"Sanderlend" bosh murabbiyi Devid Moyes so'zlariga ko'ra, "qora mushuklar" bu mavsum Premer-ligada jon saqlab qolish uchun kurashadi.
"Muxlislar haq. So'nggi bir necha yil davomida shunday bo'ldi, bu yil ham takrorlansa kerak. Siz faktlar bilan bahslasha olmaysiz. Odamlar vaziyat to'liq o'zgarishini istashmoqda, ammo o'zgarayotgani yo'q" - deydi Moyes.