Moyes Shotlandiya termasini boshqarmoqchi

13 okt 2017, 01:05
“Manchester Yunayted”ning sobiq ustozi Devid Moyes Shotlandiya terma jamoasiin boshqarishi mumkin.

Sky Sport nashrininig xabariga ko'ra, mutaxassis Shotlandiya futbol assotsiatsiya bilan bu borada gaplashib olish niyatida.

Ayni paytda  Shotlandiya terma jamoasida bosh murabbiy lavozimi bo'sh. 2013 yildan buyon termani boshqarib kelgan Gordon Strachan lavozimidan ozod etilgan. U bilan birga yordamchisi 60 yoshli Mark Makgi ham Shotlandiya termasi bilan xayrlashgan.

JCH-2018 saralash bahslarida shotlandiyaliklar G' guruhida 18 ochko bilan 3-o'rinni band etishdi.

54 yoshli Moyesning so'nggi ish joyi “Sanderlend” klubi edi.


O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports