Moyes APLda "Old Trafford"dagi 15 safar o'yinida g'alabaga erisha olmadi

Mirjalol Normatov
23 yanv 2022, 13:53
"Vest Xem" bosh murabbiy Devid Moyes boshchiligida kecha APLning 23-turi doirasida "Manchester Yunayted" maydonida mag'lub bo'ldi.

Uning qo'l ostidagi jamoalar 15 marta ushbu stadionda o'ynagan va biror marta g'alaba qozona olmagan. Bu esa liga antirekordi hisoblanadi.

 Qayd etish kerak, 2013/14 yilgi mavsumning katta qismida Moyes "Manchester Yunayted"ni boshqargandi. Shundan keyin u 3 klubda ishladi.

Mankunianliklar bilan Moes Angliya Superkubogini qo'lga kiritgan. Bu esa murabbiyning faoliyatidagi yagona sovrin hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal