Mourinyuning Italiya chempionatidagi muvaffaqiyatli seriyasi yakunlandi

Eldor Akmurzayev
1 noya 2021, 07:00
A Seriya 11-turida “Roma” Rimda “Milan”ni qabul qilib, 1:2 hisobida yutqazdi.

Joze Mourinyu Italiya chempionatidagi faoliyati davomida ilk bor o'z maydonida o'tkazilgan uchrashuvda mag'lubiyatga uchradi. Bungacha uning boshqaruvidagi jamoalar 43 bahsdan beri yutqazmay kelishayotgandi. Bu musobaqa 3 ochkolik tizimga o'tganidan (1994/95) beri ko'rsatilgan eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, 58 yoshli mutaxassis Italiyada 2008-2010 yillarda “Inter”ni boshqargan va 2021 yil yozidan beri “bo'rilar” murabbiyi sifatida ishlamoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports