Mourinyuga APLdan yangi variant paydo bo'ldi

Sherzod Nurmatov
12 sen 2025
Portugaliyalik murabbiy Joze Mourinyu tez orada Angliyaga qaytib, elit divizion klublaridan birini boshqarishi mumkin.

"TEAMtalk" xabariga ko'ra, ekscentrik portugaliyalik mutaxassis hozirda Daniel Farke birga ishlayotgan "Lids"ning yangi bosh murabbiyi bo'lishi mumkin. "Tovuslar" boshliqlari tez orada germaniyalikni iste'foga chiqarishi mumkin, uning qo'l ostida jamoa o'tgan mavsum Chempionshipdan yana APLga qaytgandi. 

"Lids" Mourinyudan tashqari "Nottingem Forest" va "Tottenxem" jamoalarining sobiq ustozi Nunu Eshpiritu Santuni ham taklif etish variantini ko'rib chiqmoqda.

Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyuning oxirgi ish joyi "Fenerbaxche" bo'ldi. Portugaliyalik Chempionlar Ligasining umumiy bosqichiga chiqa olmagani uchun turk klubidan haydaldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TEAMtalk