Mourinyu: "Zidan qo'ng'irog'i? Bu haqida The Sun jurnalistidan so'rang"

Aslanov Jasurbek
2 okt 2018, 16:39
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Real" sobiq ustozi Zinedin Zidan unga qo'ng'iroq qilgani haqidagi ma'lumotga izoh berishni istamadi.

Matbuot anjumanida OAV vakillaridan biri Zidan bilan muloqot haqida savol berdi va Mourinyu unga quyidagicha javob qaytardi: "Bu haqida ortingizda o'tirgan yigitdan so'rang. Bu hikoyani o'sha yigit yozgan". Javob paytida murabbiy Mourinyu va Zidan o'rtasidagi muloqot haqida yozgan The Sun nashri jurnalisti Nil Kastisni ko'rsatdi.

Zinedin Zidan Mourinyuga qo'ng'iroq qildi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: talkSPORT