Mourinyu: “U haqidagi savollardan charchadim”

Eldor Akmurzayev
23 sen 2020, 19:20
“Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu yarim himoyachi Dele Alli haqida gapirdi.

“Dele meni charchatgani yo'q, chunki u ajoyib yigit, ammo u haqidagi savollardan charchadim. 99 foiz masuliyat o'yinchining o'zida yotadi. Menda esa bir foiz. Menda, mening shtabimda, atrofimizda ishlayotganlarda, barchada – bir foiz. O'yinchida esa 99.

Alli – top futbolchi. Omad tufayli shu darajaga yetib kelish qiyin. Buning uchun borini berib mehnat qilish lozim.

Balki, bu o'ziga bo'lgan ishonchdandir, unda nima bo'layotganini bilmayman, lekin u professional. Agar Dele o'zining eng yaxshi formasiga qaytadi desam, jamoadagilar ham men maqullashadi”, deydi Joze.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: BBC Sport