Mourinyu: "Ser Aleks "Manchester Yunayted"da 20 yildan oshiq faoliyat yuritdi..."

Sherzod Nurmatov
19 may 2022, 19:51
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu Rim jamoasidagi kelajagi haqida tushgan savolga javob berdi.

"Muhimi, hozirgi kun bilan yashash. Men "Roma"da qolmoqchiman. Menga bu yerda bo'lish yoqadi. Uch yillik shartnoma imzolaganman, keyin nima bo'lishini ko'ramiz. "Roma"ni Fergyuson kabi boshqara olamanmi? Ser Aleks "Manchester Yunayted"da 20 yildan oshiq faoliyat yuritdi. Shunday ekan, 79 yoshimgacha "Roma"da qolishimga to'g'ri kelarkan. Balki 70 yoshga to'lgunimcha shu yerda qolarman", – deya fikr bildirdi Mourinyu.

"Roma" va "Feyenoord" o'rtasidagi Konferenciyalar Ligasi finali 25 may kuni Tirana (Albaniya)da bo'lib o'tadi. 

"Roma" ayni dam Italiya chempionati turnir jadvalida 6-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Forzaroma.info