

"U fenomen. Krishtianu Ronaldu va Leo Messining faoliyati omadliroq bo'lgan va ular so'nggi 15 yillikdagi eng yaxshi futbolchilardir. Agarda biz iqtidorni solishtiradigan bo'lsak, braziliyalik Ronaldoga etadigani yo'q.
"Barselona"da Robson bilan birga ishlab yurganimda Ronaldoning eng zo'ri ekanligini tan olganman. Uning faoliyatiga jarohatlar jiddiy ta’sir qildi. Biroq uning iqtidori boshqa hech kimda yo'q", - dedi Joze.



