Mourinyu "Roma"ga portugaliyalik hujumchini olib kelmoqchi

Alisher
24 mar 2022, 11:01
"Roma" "Valensiya" hujumchisi Gonsalu Gedeshga qiziqmoqda.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, italyan klubi vakillari aprelda 25 yoshli portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh bilan uchrashuvni rejalashtirishgan va unda ehtimoliy transfer muhokama qilinadi.

Gedesh 2021/22 yilgi mavsum "Valensiya" tarkibida 33ta o'yinda maydonga tushib, 13ta gol va 5ta assist qayd etdi.

Transfermarkt portugaliyalik futbolchini 40 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira