Mourinyu "Roma"ga MYU futbolchisini olib kelmoqchi

Alisher
22 sen 2021, 10:35
Diogu Dalot yozda MYUdan ketishi va Dortmundning "Borussiya" klubiga yo'l olishi mumkin edi, ammo manchesterliklar ustozi Ole-Gunnar Sulsher transferni rad etgandi.

Norvegiyalik mutaxassis himoyachiga ishonch bildirishini ma'lum qilgandi.

Portugaliyalik o'ziga yangi klub qidirmoqda, sababi u "Old Trafford"da o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Dalotni "Roma"ga Joze Mourinyu taklif etmoqchi.

Aynan, Mourinyu qo'l ostida u "Manchester Yunayted"da debyut qilgan. Rimliklar qishda uni keyinchalik xarid qilish huquqi bilan ijaraga olishga urinib ko'rishadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun