Mourinyu "Roma" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 may 2023, 19:32
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyu klub bilan hamkorligini davom ettirishga tayyor turibdi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis jamoa YCHLga chiqadigan bo'lsa, shartnomani uzaytirish variantini ko'rib chiqadi. Bu qarorini u klub rahbariyatiga ham aytib qo'ygan. Hozircha murabbiyga boshqa klublardan takliflar kelib tushmagan.

Mourinyuning "Roma" bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar davom etadi. Oldinroq uning xizmatlariga PSJ tomonidan qiziqishlar bo'layotgani borasida ma'lumotlar tarqalgandi.

A Seriya yakuniga 2 tur qolganida "Roma" YCHLga yo'llanma beruvchi pog'onadan 4 ochko pastda turibdi. Agarda rimliklar Yevropa ligasi finalida "Sevilya" to'sig'idan o'ta olsa, navbatdagi mavsumda YCHLda qatnashish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal