

Portugaliyalik murabbiy, bu yo'l bilan uni haqorat qilgan italiyalik muxlislarga javob berdi.
Mourinyu: 90+4 daqiqada nima bo'lganini bildingizmi?
Jurnalist: Siz "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabani boshqacha nishonladingiz.
Mourinyu: Siz italyancha bilasizmi?
Jurnalist: Yo'q.
Mourinyu: Unda Angliya futbol assotsiatsiyasiga murojaat qiling, ular sizga tarjima qilib berishadi.
Joze Mourinyu bu gaplari bilan, Angliya futbol assotsiatsiyasining ustidan kuldi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq "Manchester Yunayted" ustozi "Nyukasl Yunayted"ga qarshi bahsda so'kingan edi. Angliya futbol assotsiatsiyasi mutaxassisni jazolamagan edi.



