Mourinyu Myullerni jamoasiga jalb etmoqchi

Sherzod Nurmatov
11 apr 2025
"SporX" nashrining yozishicha, "Bavariya"ning germaniyalik hujumchisi Tomas Myuller Istanbulning "Fenerbaxche" klubi va "kanareykalar"ning portugaliyalik murabbiyi Joze Mourinyuning e'tiborini tortgan.

Myuller yaqinda o'tkazilgan Chempionlar Ligasi o'yinida "Inter" darvozasiga to'p kiritdi, biroq "Bavariya" 1:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

"Neradzurri" va myunxenliklar o'rtasidagi javob uchrashuvi kelgusi hafta bo'lib o'tadi.

Myuller joriy mavsum yakunida klubini o'zgartiradi, shu bois "Fenerbaxche" tajribali hujumchini safiga qo'shib olish haqida o'ylamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: SporX