Mourinyu murabbiylikdagi shaxsiy rekordini o'rnatdi

Sherzod Nurmatov
18 sen 2021, 19:53
"Roma" ustozi Joze Mourinyu Rim jamoasida ketma-ket 6 o'yinda g'alaba qozondi.

"Bo'rilar" portugaliyalik mutaxassisni bosh murabbiy lavozimiga tayinlaganidan keyin A Seriya va Konferenciyalar ligasida 19-4 to'plar farqi bilan umumiy 6 o'yinda zafar quchdi.

Oldinroq 58 yoshli murabbiy bungacha o'zi boshqargan 8 klubda bunday startni amalga oshirmagan.

Mourinyu "Roma"ga qadar "Tottenxem", "Manchester Yunayted", "Real Madrid", "Inter", "Portu", "Benfika", "Unian Leyriya" va ikki marta "Chelsi"da ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport