Mourinyu: "Liverpul" APL g'olibi bo'lishi mumkin, chunki evrokuboklarda qatnashmayapti

Tolibjon Qosimov
28 dek 2013, 12:27
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Liverpul"ni ushbu mavsum chempionligiga nomzaodlardan biri deb atadi.
Takidlash kerakki, o'tkazilgan 18 turdan so'ng "Liverpul" 36 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. "Chelsi"da esa 37 ochko va ular uchinchi pog'onada joylashgan.

"O'ylashimcha, "Liverpul" bu mavsum permer-ligada chempion bo'lishi mumkin. Chunki ular yaxshi tayyorgarlikka, yaxshi murabbiyga ega. Rojersda jamoani taktik jihatdan tayyorlash uchun etarlicha vaqt bor. Chunki ular Evrokuboklarda ishtirok etishmayapti. "Chelsi" bu mavsumda 60ta o'yin o'tkazadi. "Liverpul" esa bor yo'g'i 40ta", dedi Mourinyo.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com