Mourinyu: "Inter" bizga hech qanday taklif bilan chiqmagan"

Mirjalol Normatov
17 yanv 2020, 21:27
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu yarim himoyachi Kristian Eriksenning ketishi mumkinligi borasida gapirdi.

"Ularning optimizmligiga tushunmadim. Balkim mendan ham ko'prog'ini biladiganlar bordir, biroq "Inter" bizga taklif bilan chiqmagan.

Bir necha haftalardan buyon muxlislar Eriksenning har bir o'yini jamoa uchun ohirgisi bo'layotganini gapirmoqda. Biroq u bugun ham, ertaga ham "Tottenxem"da o'ynaydi", - dedi Mourinyu.

Oldinroq Eriksen 10-15 mln evro evaziga "Inter"ga o'tishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express