Mourinyu: "Eriksen haqida hammasini bilaman, lekin hech narsani aytmayman"

29 dek 2019, 11:56
"Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu jamoa yarim himoyachisi Kristian Eriksenning kelajagi borasida fikr bildirdi.

"Men Eriksenning kelajagi borasida hamma narsani bilaman, chunki biz ochiq va samimiy muloqot qilamiz. Bir-birimizga ishonamiz. Uning rejalari haqida bilaman, lekin hech narsani aytmoqchi emasman. Bu haqida Kristianning o'zi gapirishi kerak", - deydi Mourinyu AS nashriga.

Eslatib o'tamiz, kecha "Norvich"ga qarshi (2:2) uchrashuvda daniyalik futbolchi jarima zarbasini golga aylantirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS