

Rimliklar qo'shib berilgan vaqtda Nemanya Matichning harakatlari evaziga hisobni tenglashtirishib, so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutilib qoldi.
"Bugungi o'yin ikki qismga bo'lingandi - 70-daqiqagacha va undan keyin. "Roma" muxlislari maydonni tark etishga hozirlik ko'rishayotgandi, ammo so'nggi 20 daqiqada biz avvalgi to'rt-beshta o'yindagidan ko'ra ko'proq imkoniyatlar yaratdik. Nega bunday bo'ldi? Javob oddiy - Dibala 70-daqiqada maydonga tushdi. "Roma" Paulo bilan va usiz ikki xil jamoaga aylanmoqda. Agar u jarohat olmaganida, ko'proq ochko to'plagan bo'lardik", - dedi portugaliyalik murabbiy.



