Mourinyu: "Barselona" va "Yuventus" YCHLdan chiqib ketsa ajablanmayman"

Tolibjon Qosimov
16 apr 2019, 19:14
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Russia Today"ga bergan intervyusida Chempionlar ligasining chorak finalida "Barselona" va "Yuventus" yurishini to'xtatishi mumkinligini aytib o'tgan.

"Barselona" MYUga qarshi birinchi o'yinda "Old Trafford"dan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan bo'lsa, "Yuventus" Amstyerdamda "Ayaks" bilan murosa ko'chasini tanlagan - 1:1.

"Barselona" va "Yuventus"da u qadar katta bo'lmagan ustunlik bor. Shu sabab agar ular Chempionlar ligasidan chiqib ketishsa ajablanmayman. "Ayaks" va "Manchester Yunayted" yarim finalga chiqish imkoniyatini saqlab qolishgan", - dedi Mourinyu.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Russia Today