Mourinyu APLga qaytishi mumkin

Sherzod Nurmatov
5 dek 2021
"Everton" Rafael Benites o'rniga Joze Mourinyuni olib kelmoqchi.

Benites yozda klub boshqaruvini qo'lga olgandi, biroq u omadsiz startdan keyin katta bosim ostida qoldi.

Agar "Everton" ispaniyalikni bo'shatsa, Angliyaga qaytishga tayyor turgan Mourinyuga murojaat qiladi. 

Mourinyu Angliya chempionatida ishlash bo'yicha katta tajribaga ega. Joze London klublari – "Chelsi" hamda "Tottenxem", shuningdek, "Manchester Yunayted"da faoliyat yuritgan.

58 yoshli murabbiyning "Roma" bilan kelishuvi 2024 yilning iyunigacha mo'ljallangan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Mirror