Mourinyu: "Agar PSJdagilar meni qidirayotgan bo'lsa, unda topa olishmapti. Chunki biz gaplashmadik"

Administrator
10 may 2023, 21:28
Murabbiy PSJga o'tishi borasidagi savolga javob berdi.

"Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu PSJ klubi u bilan bog'langani borasidagi savollarga javob berdi.

"Agar PSJ meni qidirayotgan bo'lsa, unda topa olishmapti. Chunki biz gaplashmadik", -deydi Joze Mourinyu.

Avvalroq, Joze va PSJ klubi o'rtasidagi muzokaralar davom etayotgani xabar qilingandi. Biroq, murabbiy ushbu mish-mishlarni rad etdi.

Ma'lumot uchun, Joze Mourinyu 2021 yildan beri "Roma"ni boshqarib kelmoqda. Klub murabbiy bilan Konferenciyalar Ligasinining tarixdagi birinchi g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports Italia