Mourinyoni MYUdan olib ketmoqchi bo'lgan klub 20 mln funtni to'lab qo'yishi kerak

Narzulla Saydullayev
19 noya 2017, 18:45
Manchester Yunayted Joze Mourinyoni PSJga qo'yib yubormoqchi emas.

54 yoshli portugaliyalik murabbiyning shartnomasi 2018 yilga qadar mo'ljallangan. Mourinyoning shartnomasida 20 million funt tovon puli belgilab qo'yildi.

Klub Mourinyo bilan shartnomani uzaytirish huquqiga ham ega.

Manchester Yunayted Mourinyoga yangi 5 yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabarlar chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk