Mourinyo Xitoyda "Chelsi" futbolkasiga dastxat qo'yishni istamadi

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2016, 11:49
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Xitoyda o'tayotgan yig'in mashg'ulotidan so'ng muxlislar bilan muloqotda "Chelsi" formasiga dastxat qo'ymadi.

Portugaliyalik MYU atributkasiga imzo chekdi, ammo "Chelsi" futbolkasini ko'rishi bilan boshini "yo'q" degandek silkitdi.

Mourinyo 2004-2007 va 2013-2015 yillarda "Chelsi"ni boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com