Mourinyo: "Venger "Arsenal"da ishini davom ettiradi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
7 may 2017, 15:18
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Arsenal"ga qarshi APLning 36-tur uchrashuvidan oldin "to'pchilar" ustozi Arsen Venger klubda qolishiga umid bildirdi.

"Hamma murabbiyni hurmat qilaman, chunki biz bir xil qiyinchiliklarga duch kelamiz. Futbol o'zgardi va uzoq vaqt bir joyda ishlay olmaymiz.

Venger "Arsenal"da ishini davom ettirishiga umid qilaman. O'ylashimcha, Arsen o'z klubiga barqarorlik taqdim etayotgan murabbiylarning so'nggi namunasi" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal