Mourinyo van Persi va Runi "Chelsi"ga qarshi o'ynaydi deb umid qilyapti

17 yanv 2014, 18:50
"Chelsi" Joze Mourinyo APL 22-turi doirasidagi "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda raqiblar tarkibida Runi hamda van Persi maydonga tusha olishlariga umid qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, har ikki futbolchi ham so'nggi vaqtlarda jarohat sabab maydonga tusha olishmayapti.

"Futboldagi eng zo'r jihat - eng kuchli raqiblarga qarshi maydonga chiqishdir. Shunday hollarda motivaciya oshadi, futbolchilar diqqati, e'tibori bir joyga qaratiladi. Shuning uchun ham Runi hamda van Persi maydonga tushishadi deb umid qilaman", deya Mourinyo so'zlaridan britan nashrlari iqtibos keltirmoqda.

Manba: championat.com