Mourinyo: "Ronaldu Benzemani hurmat qilardi"

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2021, 19:51
Bir paytlar "Real"ni boshqargan taniqli murabbiy Joze Mourinyo Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema haqida gapirdi.

"Benzemaga bera oladigan eng yaxshi tarifim - Krishtianu Ronaldu "Real"da o'ynagan paytlarida u bilan birga o'ynashni yoqtirardi. Krishtianu qaysi hujumkor futbolchi bilan harakat qilishni yoqtirsa, maydonda unga katta yordam berardi.

Benzema, ehtimol men biladigan, o'z o'yiniga sodiq qoladigan futbolchi. Uning ajoyib xarakteri bor, u futbolni sevadi va maydonda erkinlik bilan harakatlanadi. Bu borada uni Harri Keyn bilan taqqoslash mumkin", - deya takidlagan Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif