Mourinyo: "Real"ga qarshi o'ynash "Manchester Yunayted" uchun sharaf"

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2017, 12:12
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Real"ga qarshi bo'lib o'tadigan Yevropa Superkubogi uchrashuvidan mamnun.

Mankunianlar Yevropa ligasi g'olibi hisoblanishadi, ispan grandi esa Chempionlar ligasi.

"Real"ga qarshi o'ynash "Manchester Yunayted" uchun sharaf. Yevropaning eng yaxshi jamoasiga qarshi to'p tepish har qanday klub uchun quvonarli hol. Chempionlar ligasida ishtirok etish ko'pchilik futbolchilarimiz uchun yaxshi tajriba bo'ladi. "Manchester Yunayted"ning mavsumoldi yig'ini qiziqarli bo'ladi, biz "Barselona" va "Manchester Siti" bilan o'ynaymiz" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca