Mourinyo: “Pepe – portugaliyalik emas va javobgarlikni his qilishi kerak edi”

Tolibjon Qosimov
18 iyun 2014, 14:31
“Chelsi” bosh murabbiyi Joze Mourinyo Germaniya terma jamoasi bilan o'yinda qilgan qiliqlari uchun Pepeni jiddiy tanqid qildi.
Pepe birinchi bo'limda hakam tomonidan maydondan chetlatilgan.

“Sodir bo'lgan voqeani qabul qilish qiyin. U Portugaliya o'tkazib yuborgan ikkinchi golda aybdor. Pepe yakkama-yakka kurashda Mats Xummelsni yutishi kerak edi. Bu xatodan so'ng, o'zidan ko'ngli to'lmadi. Balki u bunday jazoga loyiq emasdir, ammo hakamlar shunday vaziyatlar yuzaga kelganda qizil kartochka ko'rsatishlari ham mumkin. Futbolchi jamoasini  kamchilikda qoldirishi kerak emas. U portugaliyalik emas va shuning uchun ham katta javobgarlikni his qilishi kerak edi” – deydi Mourinyo “A Bola”ga.

Eslatib o'tamiz, “Real Madrid”ning sobiq murabbiyi Mourinyo va Pepe o'rtasidagi munosabat yomonlashgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com