

Ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik mutaxassis braziliyalik futbolchiga tez-tez qo'ng'iroq qilib, undan yozda mankunianlar safiga qo'shilish haqida so'raydi. Mourinyo ushbu uslubdan doimo foydalanib kelgan.
Neymar 2013 yil "Santos"dan "Barselona"ga o'tgan. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi barcha turnirlarda "Barselona" safida 30 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 10 ta gol urdi.



