Mourinyo: "MYUga kelganimdan beri faqat Marsyal jarimaga tortildi"

Aslanov Jasurbek
18 avg 2018, 17:46
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbani jarimaga tortgani haqidagi ma'lumotni rad etdi.

Eslatib o'tamiz, "Lester"ga qarshi APLning 1-tur uchrashuvidan so'ng, jamoa ichidagi atmosfera haqida quyidagilarni aytdi: "Men ayta olmaydigan gaplar bor, aks xolda meni jarimaga tortishadi".

"Manchester Yunayted"ga kelganimga bir yildan oshdi. Shu vaqt ichida klub rahbariyati faqat Antoni Marsyalni jarimaga tortdi. Qolganini Pogbaning o'zidan so'rang. Klubda kimnidir jarimaga tortish oson emas" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports