Mourinyo MYU rahbariyatidan Marsyalni sotishni talab qilmoqda

Aslanov Jasurbek
22 avg 2018, 08:54
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo klubning ijrochi direktori Ed Vudvordga murojaat qilib, undan hujumchi Antoni Marsyalni sotishni so'ramoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Mourinyo Marsyal sotuvidan tushgan pullarni qishki transfer oynasida yangi futbolchilar sotib olishga sarflamoqchi.

Vudvord esa bosh murabbiyning fikriga qo'shilmayapti.

Marsyal 2015 yildan beri MYU sharafini himoya qiladi. So'nggi mavsum u ingliz jamoasining 30ta uchrashuvida maydonga tushib, 9ta gol urdi va 5ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Star