Mourinyo: "MYU "Anderlext" bilan 0:0 hisobida durang o'ynamoqchi emas"

Aslanov Jasurbek
20 apr 2017, 11:41
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Anderlext"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

"Agar gol o'tkazib yubormasak, keyingi bosqichga chiqamiz - buni yodda saqlash kerak. "Anderlext" gol urmasa musobaqani tark etishini tushunib turibdi. Uyda o'ynaymiz, ammo "Old Trafford"da APLdagi natijalarimi yaxshi emas, Yevropa ligasida barcha uy uchrashuvlarida g'alabaga erishdik. 0:0 hisobini qayd etmoqchimizmi? Yo'q" - deydi Mourinyo.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi ilk bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sport Review