Mourinyo: "Menga oddiy gol uradigan hujumchilar yoqadi"

Aslanov Jasurbek
6 apr 2015, 12:12
"Chelsi" bosh murabbiy Joze Mourinyo "Stok Siti"ga qarshi uchrashuvda gol urgan hujumchi Loik Remini maqtadi.

"Remi har doim maydonga tushmasada, u yaxshi formada. Loik yaxshi hujumchi va uning harakatlari jamoa g'alabasi uchun juda muhim. So'nggi ikki o'yinda aynan Remi g'alaba to'plarini kiritdi. Kimdir u bu gollarni osonlikcha urdi deyishi mumkin, ammo men oddiy gol uradigan hujumchilarni yoqtiraman" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com