Mourinyo: "Matich - men uchun ideal futbolchi"

Aslanov Jasurbek
13 avg 2017, 15:45
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Chelsi"dan "qizil iblislar" safiga o'tgan Nemanya Matich haqida fikr bildirdi.

"O'tgan yil "Manchester Yunayted"ga kelganimda, bizga Matichdek futbolchi kerakligi haqida o'ylab qoldim. Ammo u haqida o'ylaganim yo'q, chunki bajarib bo'lmas ishlar haqida o'ylashni yomon ko'raman. Imkoniyatimiz yo'qligini his qildim.

Matich mening qo'l ostimda o'ynamoqchi ekanligini bilganimdan so'ng, u men uchun ideal futbolchi ekanligini o'yladim. Faqat uning sifatlari uchun emas, balki o'rtamizdagi munosabat tufayli. Unda barqarorlik bor.

U ko'nikishi uchun vaqt kerak emas, Matich boshqa mamlakatdan kelgan yosh futbolchi emas. U 29 yoshda va 5 yildan beri APLda to'p tepadi, unda tajriba etarli" - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com