Mourinyo Konte bilan yarashmoqchi

Aslanov Jasurbek
23 fev 2018
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Chelsi" ustozi Antonio Konte bilan kelishmovchilikni davom ettirish niyatida emas va ko'klarga qarshi bahs oldidan yarashib olmoqchi.

So'nggi paytlarda Mourinyo Konte bilan bir-birini haqorat qilib, kesatishli gaplar aytishayotgan edi, biroq mankunianlar murabbiyi o'rtadagi "olovni o'chirib", Angliya chempionati uchrashuvi oldidan Kontening qo'lini siqib qo'yish niyatida. Mourinyo italiyalik mutaxassisning barcha haqoratlarini unutganini ko'rsatmoqchi.

"Manchester Yunayted" - "Chelsi" uchrashuvi 25 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:05da boshlanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror