Mourinyo Keynning jarohati haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
29 yanv 2021
"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jarohatlangan Garri Keyn haqida gapirdi.

"Birinchi vaziyatda Tiago qo'pol harakat qildi. Ikkinchisida aniq ko'rmadim. Ammo uning har ikki to'pig'ida ham jarohat bor. Ikkinchi jarohat birinchisidan ham yomonroq bo'ldi. U bir necha haftani o'tkazib yuboradi, aniq ayta olmayman. 

Futbolda o'rnini bosib bo'lmaydigan futbolchilar bor. Bunday holatlarda xech narsa qila olmaysan. Ammo ishonamanki, biz kurashda davom etishimiz lozim", - dedi Mourinyo.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC